📚 Kitobga mehr — ma’naviyatga e’tibor!
Kutubxonamizning jajji kitobxonlaridan biri o‘zi sevib mutolaa qilgan kitobini kutubxonamiz fondiga sovg‘a qildi. Bu ezgu tashabbus nafaqat kitobga bo‘lgan mehrni, balki bilim ulashishning naqadar qadri baland ekanligini ham namoyon etdi.
Bunday beg‘araz sovg‘alar yosh avlod qalbida kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishni yanada oshiradi. Jajji kitobxonimizga minnatdorchilik bildirib, kelgusidagi o‘qishlariga ulkan zafarlar tilaymiz! 🌟📖
Kitobga mehr-ma'naviyatga e'tibor