2025-yil 17-iyun kuni Zarbdor tuman axborot-kutubxona markazida "Kitobxon onalar kuni" munosabati bilan davra suhbati tashkil etildi. Tadbirda faol kitobxon onalar, kutubxona xodimlari ishtirok etdilar. Davra suhbatining asosiy maqsadi — jamiyatda ayolning, xususan, onaning kitobxonlik madaniyatini shakllantirishdagi o‘rni, farzand tarbiyasida kitobning ta’siri, ma’naviyatli avlodni voyaga yetkazishda ona va kitobning o‘zaro bog‘liqligi haqida fikr almashishdan iborat bo‘ldi. Davra suhbatida so‘zga chiqqan onalar kitob o‘qishning hayotlarida qanday ijobiy o‘zgarishlar keltirgani, oilaviy o‘qish an’analarining yosh avlod tarbiyasidagi ahamiyati haqida o‘z tajribalari bilan bo‘lishdilar.