Joriy yilning 17-avgust kuni Zarbdor Axborot-kutubxona markazida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish, onalar o‘rtasida mutolaa madaniyatini yuksaltirish maqsadida navbatdagi “Kitobxon onalar kuni” tadbiri o‘tkazildi.
Tadbir davomida kitobxon onalar bilan samimiy suhbatlar tashkil etilib, badiiy adabiyotlarning inson ma’naviyati va dunyoqarashini boyitishdagi ahamiyati haqida fikr almashildi. Ishtirokchilarga yangi adabiyotlar tavsiya etilib, kitob mutolaasiga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirishga alohida e’tibor qaratildi.
Tadbir ko‘tarinki kayfiyatda va mazmunli tarzda o‘tkazildi.
#Kitobxon_onalar_kuni