Payshanba — Yoshlar kuni munosabati bilan tuman tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan yosh xodimlar ishtirokida kitob targ‘iboti tadbiri tashkil etildi.

Tadbir davomida yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, mutolaa orqali bilim va dunyoqarashni kengaytirish, bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

📖 Yosh xodimlarga turli mavzulardagi badiiy, ilmiy-ommabop va ma’naviy-ma’rifiy adabiyotlar tavsiya etilib, kitobning inson hayotidagi beqiyos o‘rni haqida fikr almashildi.

Zero, kitob o‘qigan yosh — kelajakka ishonch bilan qadam qo‘yadi!