XONADONLARDAN MA’RIFAT MASKANIGA

🌿 Kitob — inson qalbiga nur, xonadonga fayz, hayotga mazmun olib kiruvchi bebaho ne’mat.

Zarbdor tumanidagi mahallalarda istiqomat qiluvchi, oilalarimizning fayzi va ma’rifat chirog‘i bo‘lgan xotin-qizlar uchun Zarbdor tumani Axborot-kutubxona markaziga ekskursiya tashkil etildi.

📖 Ekskursiya davomida mehmonlar kutubxonaning zamonaviy imkoniyatlari, kitob fondi, elektron xizmatlari hamda kitobxonlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, ishtirokchilarga yangi adabiyotlar tavsiya qilinib, kitob mutolaasining inson ma’naviy hayotidagi o‘rni haqida suhbatlashildi.

✨ Xonadonlarda mehr va tarbiya, qalblarda esa kitob va ma’rifat mujassam bo‘lsa, jamiyatimiz yanada go‘zal bo‘ladi!