Amir Temur tavalludiga 690 yil toʻldi
Bugun, 9-aprel sanasida, buyuk davlat arbobi va sarkarda Amir Temurning tug‘ilganiga 690 yil to‘lishi nishonlanmoqda. U 1336-yilda Kesh (Shahrisabz) yaqinida tavallud topgan. Amir Temur o‘zining kuchli siyosati, harbiy mahorati va adolatli boshqaruvi bilan tarixda muhim o‘rin egallagan. Uning barpo etgan davlati va merosi bugungi kunda ham katta ahamiyatga ega bo‘lib, xalqimiz tomonidan chuqur hurmat bilan eslanadi.