#Kitobxonlik_haftaligi
#Kitobsevar_millat
#Bibliogragik_sharh

📚 KITOBXONLIK HAFTALIGI DAVOM ETMOQDA!
Zarbdor tumani Axborot-kutubxona markazida “Kitobxonlik haftaligi” doirasida kitobxonlar uchun o‘lkashunoslik adabiyotlari bo‘yicha bibliografik sharh tashkil etildi.
📖 Tadbir davomida ishtirokchilarga yurtimiz tarixi, madaniyati va boy merosini aks ettiruvchi adabiyotlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi. O‘quvchilarda kitobga bo‘lgan qiziqishni oshirish, ularning bilim doirasini kengaytirish tadbirning asosiy maqsadi bo‘ldi.
✨ Kitob – inson tafakkurini boyituvchi bebaho manba!
✨ Mutolaa – kelajak sari mustahkam qadam!
Barchangizni kitobxonlik haftaligida faol ishtirok etishga chorlaymiz!