Joriy yilning 15-iyul kuni Zarbdor Axborot-kutubxona markazida Bibliografiya bo‘limi tomonidan kitobxonlar uchun "Jadidlar" kitobi yuzasidan bibliografik tavsif o‘tkazildi.
Tadbir davomida kitobxonlarga asarning muallifi, nashr ma’lumotlari, mazmun-mohiyati hamda bibliografik tavsifni to‘g‘ri tuzish tartibi haqida ma’lumotlar berildi. Shuningdek, kitobning ilmiy va ma’naviy ahamiyati yoritilib, kitobxonlar mutolaaga chorlandi.