#Ekskursiya
Bolajonlar bilan kitob olamiga sayohat
2-aprel — Xalqaro bolalar kitoblari kuni
Joriy yilning 2-aprel kuni Zarbdor axborot-kutubxona markazi Xizmat bo‘limi xodimi Isayeva Sayyora tomonidan Xalqaro bolalar kitoblari kuniga bag‘ishlab “Tumorcha” maktabgacha ta’lim tashkilotida ekskursiya o‘tkazildi.
Ekskursiya davomida bolajonlarga kitobning ahamiyati, uni asrab-avaylash, mutolaaning foydasi haqida tushunchalar berildi. Shuningdek, kichkintoylar uchun qiziqarli ertaklar o‘qib eshittirildi va ularning kitobga bo‘lgan qiziqishini oshirishga alohida e’tibor qaratildi.