✅“Central Asia – 2025”: Fan, ta'lim, madaniyat va biznesda internet va axborot-kutubxona resurslari” XVIII Xalqaro konferensiyasi doirasida axborot-kutubxona sohasi rivojiga munosib hissa qo‘shgan, kitobxonlikni keng targ‘ib qilish va yosh mutaxassis kadrlar tayyorlash borasida samarali mehnat qilgan, ish faoliyatida yuqori natijalarga erishgan bir qator soha mutaxassislarini “Axborot-kutubxona a'lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Taqdirlanganlar orasida Sharof Rashidov nomidagi Jizzax viloyat axborot-kutubxona markazi Axborot-kutubxona fondlarini jamlash xizmati rahbari Shaxobiddinova Vasila Qaxramonovna ham taqdirlandi.