Zarbdor axborot-kutubxona markazi tomonidan xotin-qizlar huquqlarini keng targ‘ib etish maqsadida nuroniy kitobxonlar o‘rtasida mazmunli chellenj tashkil etildi. Ushbu chellenj davomida ishtirokchilar ayollar huquqlariga oid yangi adabiyotlar bilan tanishdilar, o‘z fikr va mulohazalarini o‘rtoqlashdilar hamda jamiyatda xotin-qizlarning o‘rni va qadri haqida suhbatlar olib borildi. Tadbirning asosiy maqsadi — nuroniylar o‘rtasida huquqiy madaniyatni oshirish, ayollarga bo‘lgan hurmat va e’tiborni yanada mustahkamlashdan iborat bo‘ldi.
#Chelenj