Milliy meros – xalq boyligi Joriy yilning 23-sentyabr kuni Zarbdor tumani Axborot-kutubxona markazida faol kitobxonlar ishtirokida “Milliy merosga ehtirom” mavzusida suhbat hamda “Jizzax – mo‘jizalar o‘lkasi” kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi. ✨ Tadbirda 23 ta kitobxonlar ishtirok etishdi.Tadbir davomida kitobxonlar milliy qadriyatlarimiz, tarixiy obidalarimiz va yurtimizning tabiiy go‘zalliklari haqida yangi bilimlar oldilar. “Jizzax – mo‘jizalar o‘lkasi” kitobi esa yoshlarning Vatanga bo‘lgan muhabbatini oshirish, milliy merosimizni asrab-avaylashga undashda muhim manba bo‘lib xizmat qildi.
Davra_suhbati