Joriy yilning 21-sentabr kuni    Zarbdor tumani Axborot-kutubxona markazida 21-sentabr Xalqaro tinchlik kuni munosabati bilan kitobxonlar bilan davra suhbati bo'lib o'tdi.
Suhbat davomida tinchlik va osoyishtalikning inson hayotidagi beqiyos ahamiyati, yosh avlodni tinchliksevarlik, bag‘rikenglik va o‘zaro hurmat ruhida tarbiyalash masalalari haqida fikr almashildi.
Yoshlar o‘z fikr va mulohazalarini bildirib, kitob — inson qalbida ezgulik, mehr-oqibat va tinchlik g‘oyalarini shakllantiruvchi muhim vosita ekanini ta’kidladilar.