[28.07.2026 15:05] Zarbdor axborot kutubxona markazi kanali: [ 9 photos ]
#Davra_suhbati
📚 Yozgi mutolaa — bilim va tafakkur fasli
Joriy yilning 28-iyul kuni Zarbdor tuman Axborot-kutubxona markazida "Yozgi mutolaani Zarbdor Axborot-kutubxona markazi bilan birgalikda o'tkazing" mavzusida ochiq havoda faol kitobxonlar ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.
Tadbir davomida yozgi mutolaaning ahamiyati, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish hamda mazmunli dam olishni kitob mutolaasi bilan uyg'unlashtirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Shuningdek, faol kitobxonlar mutolaa qilgan kitoblari haqida qisqacha so'zlab berib, asarlardan olgan taassurotlari va xulosalari bilan o'rtoqlashdilar. Tadbir samimiy va qizg'in ruhda o'tdi.
Davra suxbati