“Yosh tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlash kuni” tadbiri oʻtkazildi

Joriy yilning 16-iyul kuni “Yoshlar kuni” doirasida Zarbdor Axborot-kutubxona markazi rahbari tomonidan yosh tadbirkorlar bilan “Yosh tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlash kuni” mavzusida uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuv davomida yosh tadbirkorlarning faoliyatini qoʻllab-quvvatlash, ularning tashabbuslarini ragʻbatlantirish, tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi ish oʻrinlarini yaratish hamda davlat tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlar haqida fikr almashildi. Shuningdek, yosh tadbirkorlarning taklif va mulohazalari tinglanib, ularni qiziqtirgan savollarga atroflicha javob berildi.
Tadbir yakunida yoshlarni tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etish, ularning bilim va salohiyatini roʻyobga chiqarishga ko‘maklashish hamda kelgusidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash yuzasidan tavsiyalar berildi.