Yangi kitob — yangi bilimlar sari!

Joriy yilning 25-sentyabr kuni Zarbdor tuman Axborot-kutubxona markaziga yangi kelgan adabiyotlar orasidan “Dunyo mamlakatlari” kitobining taqdimoti o‘tkazildi.

Taqdimot davomida kitobning mazmuni, dunyo mamlakatlarining tarixi, geografiyasi, madaniyati, milliy qadriyatlari va o‘ziga xos jihatlari haqida ma’lumotlar berildi.

Mazkur nashr kitobxonlarga turli mamlakatlar haqida qiziqarli va foydali ma’lumotlarga ega bo‘lish, dunyoqarashini kengaytirish hamda bilimlarini boyitish imkonini beradi.

🌍 Bir kitob — turli mamlakatlar, turfa madaniyatlar va olam-olam yangi bilimlar!

Kitobxonlarni “Dunyo mamlakatlari” kitobini mutolaa qilishga chorlaymiz.