📣 E'LON
Hurmatli kitobxonlar!
2026-yilning 13-17-aprel kunlari "Kitobxonlik haftaligi" bo‘lib o‘tadi.
Mazkur haftalik doirasida aholi o‘rtasida mutolaa madaniyatini yuksaltirish, kitobxonlikni keng targ‘ib etish hamda yoshlarning ma’naviy-axloqiy kamolotini qo‘llab-quvvatlash maqsadida turli ma’rifiy tadbirlar tashkil etiladi.
Ushbu haftalikda:
kitob ko‘rgazmalari;
yangi nashrlar taqdimoti;
ijodkorlar bilan uchrashuvlar;
ma’naviy-ma’rifiy davra suhbatlari;
tanlov va viktorinalar;
qiziqarli ekskursiyalar oʻtkaziladi.
Zarbdor axborot-kutubxona markazi barchangizni ushbu haftalik tadbirlarida faol ishtirok etishga taklif etadi.