#Ekskursiya 

2026-yil 24-mart kuni 9-maktab o‘quvchilari uchun Axborot-kutubxona markaziga ekskursiya Bibliografiya bo‘limi tomonidan tashkil etildi. Tadbirdan maqsad o‘quvchilarni kutubxona faoliyati bilan tanishtirish va kitobga bo‘lgan qiziqishlarini oshirishdan iborat bo‘ldi.
Ekskursiya davomida o‘quvchilar markaz bo‘limlari, kitoblardan foydalanish qoidalari hamda elektron katalog bilan tanishtirildi. Shuningdek, ular o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, turli adabiyotlar bilan yaqindan tanishdilar.
Yakunda o‘quvchilarda mutolaaga bo‘lgan qiziqish yanada ortdi.