Joriy yilning 4-sentabr kuni Zarbdor tuman Axborot-kutubxona markazining Bibliografiya bo‘limi tomonidan kitobxonlar uchun ekskursiya tashkil etildi.
Ekskursiya davomida ishtirokchilarga Axborot-kutubxona markazining bo‘limlari, ularning faoliyati, mavjud adabiyotlar hamda kitobxonlarga ko‘rsatilayotgan axborot-bibliografik xizmatlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Tashrif davomida kitobxonlarda kitobga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirish, mutolaa madaniyatini shakllantirish va kutubxona imkoniyatlaridan samarali foydalanish bo‘yicha tushunchalar berildi.