#Kitobsevar_millat
#Kitobxon_haftaligi
#Ekskursiya

📚 Ekskursiya tashkil etildi

Joriy yilning 15-aprel kuni Zarbdor Axborot-kutubxona markazi Bibliografiya bo‘limi tomonidan navbatdagi ekskursiya tashkil etildi.
Mazkur ekskursiya davomida tashrif buyuruvchilarga axborot-kutubxona markazining faoliyati, undagi mavjud fondlar, bibliografik xizmatlar hamda kitobxonlarga yaratilgan zamonaviy sharoitlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Shuningdek, ishtirokchilar kitoblarni qidirish va ulardan samarali foydalanish bo‘yicha amaliy tushunchalarga ega bo‘ldilar.
Ekskursiya jarayonida kutubxona xizmatlari, elektron resurslar va axborot izlash usullari haqida ham tushuntirishlar olib borildi. Bu esa tashrif buyuruvchilarning kitobxonlik madaniyatini oshirish va axborotdan to‘g‘ri foydalanish ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qildi.