#Hamkorlik

Zarbdor tumanida kitobxonlikni rivojlantirish bo‘yicha hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yildi

Joriy yilning 7-may kuni Zarbdor axborot-kutubxona markazi Bibliografiya bo‘limi rahbari Almanova Nigora hamda Xizmat bo‘limi xodimi Karimova Gulchehra tomonidan Xalq deputati Zarbdor tuman Kengashi kotibiyati mudiri Xudoyorova Gulzoda bilan kitobxonlikni targ‘ib qilish hamda aholi o‘rtasida kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishni oshirish maqsadida hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish yuzasidan uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, turli ma’rifiy tadbirlar tashkil etish hamda yoshlar o‘rtasida kitob mutolaasini keng targ‘ib qilish bo‘yicha hamkorlikda amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan fikr almashildi.
Tomonlar kelgusida ham o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash va birgalikda ma’rifiy loyihalarni amalga oshirishga kelishib oldilar