Zarbdor tuman Axborot-kutubxona markaziga O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi Jizzax viloyati Zarbdor tuman bo‘limi xodimlari tashrif buyurdilar.
Uchrashuv jarayonida ekologiya bo‘limi mutaxassislari tomonidan kutubxona xodimlariga fuqarolarning ekologik huquqlari, atrof-muhitni asrash, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish hamda ekologik madaniyatni yuksaltirish masalalari yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi. Tadbir o‘zaro fikr almashish va hamkorlik aloqalarini mustahkamlash ruhida o‘tdi.
Huquqqa_oid_tadbirlar