#Kitobsevar_millat
#Kitobxonlik_haftaligi_IV
Ijodiy uchrashuv
Joriy yilning 14-aprel kuni Zarbdor Axborot-kutubxona markazida Zarbdorlik ijodkor Berdibek Toshbekov bilan ijodiy uchrashuv tashkil etildi. Mazkur tadbir adabiyot ixlosmandlari hamda ijodga qiziquvchi keng jamoatchilik uchun muhim ma’naviy-ma’rifiy ahamiyat kasb etdi.
Uchrashuv davomida ijodkor o‘zining ijod yo‘li, yaratgan asarlari hamda ilhom manbalari haqida so‘zlab berdi. Ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga batafsil javoblar berilib, samimiy muloqot muhitida fikr almashildi.
Tadbirga “O‘zbekiston 24” telekanali vakillari tashrif buyurib, ushbu ijodiy uchrashuvni keng jamoatchilikka yoritish maqsadida tasvirga oldilar. Shuningdek, markaz hodimlari tomonidan televideniya vakillariga kitobxonlik haftaligi doirasida o‘tkazilayotgan tadbirlar yuzasidan yuzasidan intervyu berildi.