#Kitobxonlik_haftaligi
#Kitobsevar_millat
#Kitob_taqdimoti


   Zarbdor tumani Axborot-kutubxona markazi tomonidan o‘tkazilayotgan kitobxonlik haftaligi doirasida atoqli shoir Muhammad Yusufning “Biz baxtli bo‘lamiz” nomli kitobi taqdimoti tashkil etildi.
  Tadbir davomida kitobxonlarga asarning mazmun-mohiyati, undagi hayotiy falsafa va insoniy tuyg‘ular haqida batafsil ma’lumot berildi.              Ishtirokchilar shoir ijodi, uning yurakdan otilib chiqqan samimiy she’rlari haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar.
Shuningdek, tadbirda faol kitobxonlar rag‘batlantirilib, kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirishga alohida e’tibor qaratildi. Bunday ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvlar yoshlar qalbida kitobga muhabbat uyg‘otishda muhim ahamiyat kasb etadi.