#Kitob_targʻiboti
Joriy yilning 1-aprel kuni Zarbdor Axborot-kutubxona markazida 3-maktab oʻquvchilari ishtirokida kitob targʻiboti tadbiri boʻlib oʻtdi. Ushbu tadbirning asosiy maqsadi yoshlar oʻrtasida kitobxonlik madaniyatini oshirish, ularni badiiy va ilmiy adabiyotlarga boʻlgan qiziqishini kuchaytirishdan iborat boʻldi.
Tadbir davomida oʻquvchilarga turli janrdagi qiziqarli kitoblar tanishtirildi, ularning mazmuni haqida batafsil maʼlumotlar berildi. Shuningdek, faol kitobxon oʻquvchilar oʻzlari oʻqigan asarlari haqida fikr-mulohazalarini bildirib, boshqalarga tavsiyalar berishdi. Bu esa boshqa oʻquvchilarning ham kitob oʻqishga boʻlgan qiziqishini yanada oshirdi.
Kutubxona xodimlari tomonidan kitobning inson hayotidagi oʻrni, uning tafakkurni rivojlantirishdagi ahamiyati haqida tushuntirishlar berildi.