#Kitob_targ'iboti
“Mahalla kutubxonaga aylanmoqda”
Bugun yurtimizda kitobga bo‘lgan e’tibor tobora ortib bormoqda. Ayniqsa, mahallalarda olib borilayotgan ma’naviy-ma’rifiy ishlar, kitob targ‘iboti har bir xonadonga nur olib kirayotgani bilan ahamiyatlidir.
“Mahalla kutubxonaga aylanmoqda” shiori ostida tashkil etilgan ushbu tashabbus — bu shunchaki tadbir emas, balki qalblarni uyg‘otuvchi, tafakkurni boyituvchi ezgu harakatdir. Endilikda mahalla guzarlarida, xonadonlarda, yoshlar va nuroniylar davrasida kitob mutolaasi keng yoyilmoqda.