📚 Davlat xizmatlari markazida kitob targ‘iboti o‘tkazildi.

Zarbdor tuman Axborot-kutubxona markazi xodimi Karimova Gulchehra tomonidan Davlat xizmatlari markazida kitob targ‘iboti tadbiri o‘tkazildi.
Tadbir davomida kitobxonlarga badiiy va ilmiy-ommabop adabiyotlar tavsiya etildi, mutolaaning ma'naviy yuksalish, bilim va tafakkurni boyitishdagi o‘rni haqida suhbat tashkil qilindi. Shuningdek, kutubxona xizmatlari va yangi adabiyotlar haqida ma'lumotlar berildi.
📖 Kitob – ma'rifat va taraqqiyot sari yetaklovchi bebaho xazina!