Joriy yilning 24-iyun kuni Zarbdor tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan "Mahoratli kutubxonachi"oyligi doirasida Mustaqillik mahalla fuqarolar yig‘inida aholi, ayniqsa yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini oshirish, kitobga bo‘lgan qiziqishni kuchaytirish maqsadida kitob targ‘iboti tadbiri tashkil etildi. Tadbir davomida kutubxona xodimlari tomonidan turli mavzudagi badiiy va ilmiy-ommabop adabiyotlar namoyish etilib, ishtirokchilarga kitob o‘qishning foydalari, ma’naviyat va ma’rifatdagi o‘rni haqida tushunchalar berildi. Shuningdek, mahalla yoshlariga kitob mutolaasi bo‘yicha tavsiyalar berilib, ularning qiziqishiga mos adabiyotlar tavsiya etildi. Tadbir samimiy ruhda, kitob va ma’rifatga boy muhitda o‘tdi.
Kitob targ‘iboti tadbiri – Mustaqillik MFYda