#Kitob_koʻrgazmasi

📚 "Ochiq osmon ostida kutubxona" – kitobxonlik sari yana bir qadam

Joriy yilning 2-iyul kuni Zarbdor Axborot-kutubxona markazida aholi, ayniqsa yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, mutolaa ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda kitobga bo‘lgan qiziqishni oshirish maqsadida "Ochiq osmon ostida kutubxona" mavzusida kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi.
Ko‘rgazmada badiiy, ilmiy-ommabop, tarixiy, bolalar adabiyoti hamda jahon va o‘zbek adabiyotining sara namunalari kitobxonlar e'tiboriga havola etildi. Tadbir davomida ishtirokchilar kitoblar bilan yaqindan tanishib, o‘zlarini qiziqtirgan adabiyotlarni mutolaa qilish va tavsiya etilgan kitoblar haqida ma'lumot olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

📱Rasmiy sahifamizga obuna boʻing