#Kitobsevar_millat
#Kitobxonlik_haftaligi_IV
#Kitob_koʻrgazmasi
📚 “Tuman kutubxonasida kitoblar bayrami”
Joriy yilning 13-aprel kuni Zarbdor Axborot-kutubxona markazida “Kitobxonlik haftaligi” doirasida "Tuman kutubxonasida kitoblar bayrami " nomli kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi. Ko‘rgazmada turli yo‘nalishdagi badiiy, ilmiy-ommabop hamda bolalar adabiyotlari keng o‘rin oldi.
Tadbirning asosiy maqsadi kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, yoshlar va keng jamoatchilik o‘rtasida kitobga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirishdan iborat.
Barchangizni ushbu ko‘rgazmaga tashrif buyurishga chorlab qolamiz.