“Kitobxon onalar kuni” nishonlandi Zarbdor tumani Axborot-kutubxona markazida “Kitobxon onalar kuni” munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirda kitobxon onalarning jamiyat va oiladagi o‘rni, farzand tarbiyasida kitobning ahamiyati haqida so‘z yuritildi. Faol kitobxon onalar e’tirof etilib, ularga badiiy adabiyotlar va esdalik sovg‘alari topshirildi. Tadbir ishtirokchilarida kitobxonlik madaniyatini yanada rivojlantirishga bo‘lgan qiziqish yanada oshdi.
Kitobxon onalar kuni