#Mahorat_darsi
Joriy yilning 10-aprel kuni Zarbdor Axborot-kutubxona markazi xodimlari uchun AKT bo‘limi tomonidan navbatdagi mahorat darsi tashkil etildi. Mazkur mahorat darsida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish, xususan, skanerlangan kitoblarni elektron shaklda qayta ishlash (faylni tahrirlash va abrabotka qilish) bo‘yicha amaliy tushunchalar berildi.
Mashg‘ulot davomida xodimlarga fayllarni tartibga keltirish, sifatini yaxshilash, matnlarni to‘g‘ri formatlash hamda elektron resurslar bilan ishlash bo‘yicha zarur ko‘nikmalar tushuntirildi.
Ushbu mahorat darsi xodimlarning kasbiy bilim va malakalarini oshirish, zamonaviy texnologiyalar asosida xizmat ko‘rsatish sifatini yanada takomillashtirishga xizmat qildi.