#Mahorat_darsi

Zarbdor tumani Axborot-kutubxona markazining Fondlarni to‘ldirish, saqlash va ularga xizmat ko‘rsatish bo‘limi tomonidan mahorat darsi tashkil etildi.

Mazkur mahorat darsi davomida mutaxassislar tomonidan fondlarni to‘g‘ri shakllantirish, adabiyotlarni saqlash sharoitlari, ularni kataloglashtirish hamda zamonaviy axborot texnologiyalari asosida xizmat ko‘rsatish usullari haqida batafsil tushunchalar berildi.

Tadbir ishtirokchilari amaliy mashg‘ulotlar orqali kitob fondini tartibga solish, ularni uzoq muddat saqlash hamda foydalanuvchilarga qulay tarzda taqdim etish bo‘yicha o‘z bilim va ko‘nikmalarini yanada mustahkamlashdi.

Ushbu mahorat darsi kutubxona faoliyatini yanada takomillashtirish, xizmat sifatini oshirish va kitobxonlarga yanada samarali xizmat ko‘rsatishga xizmat qiladi.