📣Mustaqilligimizning 35 yilligi.
✅O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi — xalqimiz hayotidagi eng ulug‘ va qadrli bayramlardan biridir. Bu sana biz uchun ozodlik, tinchlik, milliy g‘urur va Vatanga bo‘lgan cheksiz muhabbat timsolidir.
✅Mustaqillik yillarida yurtimiz ulkan taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tdi. Shahar va qishloqlarimiz obod bo‘lib, zamonaviy ta’lim, tibbiyot, ishlab chiqarish va infratuzilma sohalarida katta o‘zgarishlar amalga oshirildi. Eng muhimi, xalqimizning ertangi kunga bo‘lgan ishonchi va bunyodkorlik ruhi yanada mustahkamlandi.
✅Mustaqillik — bizga berilgan bebaho ne’mat. Uni qadrlash, asrash va Vatanimiz ravnaqiga munosib hissa qo‘shish har birimizning sharafli burchimizdir.
Mustaqilligimizning 35 yilligi