#TADBIRLAR
“OMADLI KITOBXON” LOYIHASI
Joriy yilning 3 sentyabr kuni Zarbdor Axborot-kutubxona markazida kitobxonlar o‘rtasida “Omadli kitobxon” loyihasi o‘tkazildi.
Loyiha davomida 5-sinf o‘quvchisi Musayeva Mohinur g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. G‘olib Zarbdor Axborot-kutubxona markazi tomonidan faxriy yorliq va esdalik sovg‘asi bilan munosib taqdirlandi.
Musayeva Mohinurni g‘oliblik bilan muborakbod etamiz! Kelgusida ham kitobga bo‘lgan mehringiz va ilm olish yo‘lidagi intilishingiz bardavom bo‘lsin!
Omadli kitobxon loyihasi