Yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va mazmunli muloqotni qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Payshanba – telefonsiz bir kun” mavzusida chellenj tashkil etildi.
Chellenj doirasida ishtirokchilar bir kun davomida smartfonlardan foydalanishni cheklab, vaqtlarini kitob mutolaasi, fikr almashish va foydali suhbatlarga bag‘ishladilar. Shuningdek, aksiyaning mazmun-mohiyatini keng targ‘ib qilish maqsadida “Bir kun telefonsiz – bir kun kitob bilan”, “Telefonni chetga qo‘ying, hayotni his qiling!”, “Bugun ekran emas, kitob bilan yuzma-yuz bo‘ling!” kabi shiorlar qog‘ozlarga yozilib, ochiq va gavjum joylarga ilib qo‘yildi.
#Payshanba_telefonsiz_bir_kun