Payshanba — Yoshlar kuni munosabati bilan bugun kutubxonamizda ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv tashkil etildi. Unda ichki ishlar organlari nazoratidagi yoshlar nazoratchi xodim hamrohligida ishtirok etishdi.
Tashrif davomida yoshlar kutubxonadagi boy kitob fondi, yaratilgan zamonaviy sharoitlar hamda kitobxonlikning inson hayotidagi beqiyos o‘rni bilan yaqindan tanishdilar. Samimiy suhbatlar jarayonida ilm-ma’rifat, kitob mutolaasi va ezgu maqsadlar sari intilish har bir yoshning kelajagini yorqin etishi ta’kidlandi.
Tadbir yoshlarni bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga, kitobga mehr uyg‘otishga hamda jamiyatda o‘z o‘rnini topishga ruhlantiruvchi va tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘ldi.