Joriy yilning 13-avgust kuni "Payshanba yoshlar uchrashuvi" doirasida Zarbdor Axborot-kutubxona markazida navbatdagi innovatsion uchrashuv tashkil etildi.
Tadbir davomida tuman IT markazi mutaxassislari tomonidan "Varaqla" nomli yangi innovatsion loyiha taqdim etilib, uning imkoniyatlari, afzalliklari hamda amaliy qo‘llash yo‘nalishlari Zarbdor Axborot-kutubxona markazi xodimlari bilan o‘rtoqlashildi.
Uchrashuv davomida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini kutubxona faoliyatiga keng joriy etish, zamonaviy raqamli yechimlardan samarali foydalanish yuzasidan o‘zaro fikr almashildi.
Payshanba yoshlar uchrashuvi