Qadrli Zarbdorliklar va tumanimiz mehmonlari!
🌷 O‘lkamizga xalqimizning milliy, qadimiy va hamisha navqiron bayrami — Navro‘zi olam kirib kelmoqda.
🔰 Shu munosabat bilan Zarbdor tumanida “Navro‘zni ulug‘lash — insonni ulug‘lashdir” shiori ostida Navro‘z bayrami tantanalari hamda ommaviy sayllar tashkil etilmoqda.
📍 Tadbir manzillari:
🌿 2026-yil 19-mart kuni soat 10:00 da
Tinchlik MFY, 24/7 ko‘chasida Navro‘z sayli bo‘lib o‘tadi.
🎉 Soat 14:00 da
Zarbdor tumani Markaziy o‘yingohi (Sport maktabi stadioni)da bayramga bag‘ishlangan konsert dasturi tashkil etiladi.
🌸 Konsert dasturida xonandalar va san’at ustalarining chiqishlari namoyish etiladi.
✨ Barchangizni ushbu bayram tantanalariga taklif etamiz!