#Kitobsevar_millat
#Kitobxonlik_haftaligi_IV
Qalbga yaqin satrlar
Joriy yilning 14-aprel kuni Zarbdor Axborot-kutubxona markazi hodimlari tomonidan “Qalbga yaqin satrlar” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Mazkur tadbir kitobxonlar, ayniqsa yoshlar qalbida badiiy adabiyotga bo‘lgan qiziqishni oshirish, ularni kitob mutolaasiga keng jalb etish hamda ma’naviy dunyoqarashini boyitish maqsadida tashkil etildi.
Davra suhbati davomida ishtirokchilar o‘zlari sevgan asarlar, ulardan olgan taassurotlari va hayotiy saboqlari haqida fikr almashdilar.
Tadbir davomida kitobxonlikning inson kamolotidagi ahamiyati, mutolaaning tafakkur va dunyoqarashni rivojlantirishdagi o‘rni alohida ta’kidlandi. Suhbat samimiy va qiziqarli ruhda o‘tib, ishtirokchilarda kitobga bo‘lgan mehr va qiziqishni yanada mustahkamladi.