She’riyatga oshno yurak” Zarbdor tumani Axborot-kutubxona markazida o‘zbek adabiyotining yorqin namoyandasi Hamid Olimjon tavalludining 116 yilligi munosabati bilan nuroniy kitobxonlar ishtirokida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Tadbir davomida adibning hayoti va boy ijodiy merosi haqida fikr almashildi, sevimli she’rlaridan namunalar o‘qildi. Davra suhbati ishtirokchilari qalbida adabiyotga bo‘lgan mehr va hurmat yanada mustahkamlandi.