#Siyosiy_ma'rifat_soati
#22_son

Zarbdor tuman Axborot-kutubxona markazida xodimlar ishtirokida 22-son siyosiy-ma’rifat soatining navbatdagi soni o‘tkazildi. Unda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, muhim ijtimoiy-siyosiy yangiliklar hamda dolzarb mavzular haqida ma’lumotlar berildi.
Tadbir davomida ishtirokchilar siyosiy-ma’rifiy bilimlarini oshirish bilan birga, bugungi kunda yurtimizda olib borilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati haqida fikr almashdilar.
Siyosiy-ma’rifat soati xodimlarning dunyoqarashini kengaytirish, ularning siyosiy faolligini oshirish hamda jamiyatda bo‘layotgan o‘zgarishlarga befarq bo‘lmaslik ruhida o‘tkazildi.