Haftaning har juma kuni o'tkazib kelinayotgan "Milliy liboslar kuni" doirasida Zarbdor tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari milliy qadriyatlarimizga hurmat va ehtirom ramzi sifatida milliy liboslarda faol ishtirok etib, navbatdagi "Siyosiy-ma'rifat soati"ni ko‘rib, tingladilar. Tadbir davomida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, muhim ijtimoiy-siyosiy jarayonlar hamda ma'naviy-ma'rifiy masalalar yuzasidan foydali ma'lumotlarga ega bo‘ldilar.