Joriy yilning 12-sentyabr kuni Zarbdor tumani Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan tumandagi 9-maktab o‘quvchilari o‘rtasida kitobxonlik darajasini aniqlash maqsadida so‘rovnoma tashkil etildi. Mazkur so‘rovnoma orqali yoshlar o‘rtasida kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqish, hamda kutubxonadan foydalanish darajasi kabi jihatlar o‘rganildi. Tadbirning asosiy maqsadi — yoshlar orasida kitobxonlikni targ‘ib qilish, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlariga ko‘maklashish hamda kutubxona faoliyatini yanada takomillashtirishdan iborat bo‘ldi. So‘rovnoma natijalari asosida tegishli xulosalar chiqarilib, kelgusida kutubxona va ta'lim muassasalari hamkorligida o‘quvchilarni kitobga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar belgilanadi
Soʻrovnoma