Zarbdor tumanida bugun O‘zbek tili bayrami yuksak ruhda nishonlandi. 📍1-sonli Politexnikumda o‘tkazilgan tantanali tadbirda o‘qituvchilar, o‘quvchilar hamda keng jamoatchilik ishtirok etdi. ✨Ona tilimizni madh etuvchi she’rlar, kuy va qo‘shiqlar yangradi, sahna ko‘rinishlari esa barchaga faxr va g‘urur tuyg‘usini ulashdi. 💫 Tadbir tuman hokimligi, Tuman Ma'naviyat va ma'rifat bo'linmasi, 1-sonli Politexnikum, Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi, Madaniyat bo‘limi hamda Axborot-kutubxona markazi hamkorligida o‘tkazildi. Bu kun — o‘zbek tilining jozibasi, xalqimizning ruhiy qudrati yana bir bor qalblarda jo‘sh urgan kun bo‘ldi!
Til — millatning ruhi, xalqning g‘ururi!