Zarbdor Axborot-kutubxona markazi Bibliografiya bo‘limi mutaxassisi Irisboyeva Ozoda faoliyatni samarali tashkil etish, bibliografik xizmatlar sifatini yanada oshirish hamda ilg‘or tajribalarni o‘rganish maqsadida Jizzax viloyat axborot-kutubxona markazi mutaxassislaridan uslubiy yordam oldi.
Uchrashuv davomida bibliografik faoliyatni takomillashtirish, axborot-bibliografik xizmatlarni tashkil etish, elektron resurslardan samarali foydalanish hamda kitobxonlarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish yuzasidan tavsiya va metodik ko‘rsatmalar berildi.
Uslubiy yordam