Mamlakatimizning Birinchi Prezidenti Islom Karimovning 87 yilligiga bag‘ishlab, Zarbdor tuman axborot-kutubxona markazida “Buyuk inson qalbimizda” deb nomlangan davra suhbati bo'lib o'tdi. Davra suhbatida Islom Karimov xotirasiga bag‘ishlab bolalik va o'smirlik yillari haqida film-portret taqdim etildi. Davra suhbatida o'quvchilar xalqimizning cheksiz muhabbatini qozongan, mustaqil mamlakatimizning Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘anievich Karimov qalblarimizda abadiy qolishi, ayniqsa, kelajak avlodlar xotirasida tinchlik, barqarorlik, farovonlik va taraqqiyot rahnamosi, buyuk davlat arbobi sifatida mangu yashashi xaqida to‘lqinlanib gapirdilar.