#Kitob_targʻiboti

📚Yoʻl-yoʻlakay kitob oʻqiymiz

Joriy yilning 27-aprel kuni Zarbdor axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan “Yo‘l-yo‘lakay kitob o‘qiymiz” mavzusida kitob targ‘ibotiga bag‘ishlangan tadbir tashkil etildi.
Mazkur tadbirning asosiy maqsadi aholining, ayniqsa yoshlarning kitobxonlik madaniyatini oshirish, bo‘sh vaqtni mazmunli o‘tkazishga undash hamda mutolaa qilishga bo‘lgan qiziqishni yanada kuchaytirishdan iborat bo‘ldi. Tadbir davomida turli janrdagi adabiyotlar keng jamoatchilikka tavsiya etildi, kitobning inson hayotidagi o‘rni va ahamiyati haqida atroflicha ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, ishtirokchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning kitobxonlikka oid fikr-mulohazalari tinglandi hamda tavsiyalar berildi. Tadbir ko‘tarinki ruhda o‘tkazilib, kitobxonlar uchun foydali va mazmunli bo‘ldi.