Joriy yilning 7-iyul kuni Zarbdor Axborot-kutubxona markazida Bibliografiya bo‘limi tomonidan kutubxonaga tashrif buyurgan o‘quvchilar uchun bibliografik obzor tashkil etildi.
Tadbir davomida ishtirokchilarga kutubxona fondidagi yangi adabiyotlar, ilmiy-ommabop va badiiy nashrlar tanishtirilib, ulardan samarali foydalanish bo‘yicha tavsiyalar berildi. Shuningdek, bibliografik axborotlar bilan ishlash, kerakli adabiyotlarni izlash va kutubxona xizmatlaridan unumli foydalanish yuzasidan ma’lumotlar taqdim etildi.
Mazkur tadbir o‘quvchilarning kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, mutolaa ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda axborotdan samarali foydalanish malakalarini mustahkamlashga mustahkamlashga xizmat qildi.
Zarbdor Axborot-kutubxona markazida bibliografik obzor tashkil etildi