Zarbdor tumanida yangi zamonaviy kutubxona foydalanishga topshirildi 📚
Zarbdor tumanining Tinchlik MFY hududida joylashgan kutubxona kengaytirilib, zamonaviy qiyofada qayta jihozlanib, yangi kitoblar bilan boyitilgan holda foydalanishga topshirildi.
Ochilish marosimida tuman hokimi Bekzod Tashpulatov rahbarligida tuman rahbarlari, nuroniylar, yoshlar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Mazkur kutubxonaning foydalanishga topshirilishi hudud aholisi, ayniqsa yoshlar uchun bilim olish, mutolaa madaniyatini oshirish va bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Yangi kutubxona zamonaviy sharoitlar, qulay o‘quv zallari hamda boy kitob fondi bilan kitobxonlar uchun keng imkoniyatlar yaratib beradi.